Nafas olish tizimi. Tuzilishi va a'zolari.
Nafas olish tizimi (systema respiratorium) — bu organizmga atmosfera kislorodini olib kirishni va hujayra metabolizmi paytida hosil bo'lgan karbonat angidridni chiqarib yuborishni ta'minlovchi organlar va tuzilmalar majmuasidir.
Nafas olish tizimining asosiy qismlari:
- O'tkazuvchi bo'lim: Burun bo'shlig'i, hiqildoq, traxeya, bronxlar
- Respirator bo'lim: Alveolalar, ular orqali gaz almashinuvi amalga oshiriladi
Traxeya (nafas naychasi):
Traxeya — uzunligi 10-13 sm, diametri 2 sm bo'lgan naychasimon organ. U hiqildoqdan boshlanib, V bo'krak umurtqasigacha davom etadi va u yerda o'ng va chap bosh bronxlarga bo'linadi.
O'pkalar:
O'pkalar — juft organ bo'lib, ko'krak bo'shlig'ida joylashgan. O'ng o'pka uchta, chap o'pka ikkita lobdan iborat. Har bir o'pkada millionlab alveolalar mavjud bo'lib, ular orqali kislorod va karbonat angidrid almashinuvi amalga oshiriladi.